Oʻzbek ilm-fani ogʻir judolikka uchradi
Mehnat iqtisodiyoti va mehnat resurslaridan foydalanish muammolari sohasida yetakchi olima, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ubaydullayeva Raʼno Axatovna 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Akademik Raʼno Axatovna Ubaydullayeva — iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi, inson resurslaridan, xususan, Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyo respublikalarida xotin-qizlar mehnat resurslaridan foydalanishning mintaqaviy kompleks muammolari boʻyicha tadqiqotlar tashkilotchilaridan biridir. Oʻzbek jamoatchilik fikri sotsiologiya maktabi bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda, balki MDH mamlakatlari hamda xorijiy ilmiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan. Akademik R. A. Ubaydullayeva YUNESKO MOST muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi, Ijtimoiy fanlar boʻyicha xalqaro kengash raisi etib saylangan. U xalqaro sotsiologik ilmiy jurnallarning tahririyat kengashlarida Oʻzbekiston vakili sifatida faoliyat yuritgan.
R. A. Ubaydullayeva 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlib, ularning aksariyati Rossiya, Ukraina, Belarus, AQSH, Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda chop etilgan. Olima gazeta va jurnallar sahifalarida katta targʻibot ishlarini olib borgan, koʻplab ilmiy kadrlar tayyorlagan. Raʼno Axatovna 100 dan ortiq dissertatsiyalar, jumladan, 50 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining ilmiy rahbari, maslahatchisi va opponenti boʻlgan.
U Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi “Jamoatchilik fikrini oʻrganishning dolzarb muammolari: nazariya,usul,amaliyot” respublika ilmiy-amaliy seminari rahbari hamda “Ijtimoiy fikr” markazi rahbari sifatida samarali faoliyat yuritdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻyicha Yevropa jamiyati hamda AQSH Milliy geografik jamiyati aʼzosi ularga mukofot berish boʻyicha davlat komissiyasi kabi koʻplab xalqaro tashkilotlarning aʼzosi edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring