Elektr taʼminotidagi uzilishlarning asosiy sabablari nimada? — mutasaddi javob berdi
Bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Ulugʻbek Oʻrinov elektr tarmoqlaridagi uzilish holatlari yuzasidan maʼlumot taqdim etdi.
Savol: Elektr taʼminotidagi uzilishlarning asosiy sabablari nimada?
Javob: Asosan 2 ta yirik omil mavjud. Birinchisi, bu elektr tarmogʻiga turli texnik va iqlim sharoitlari bilan bogʻliq taʼsirlar. Masalan:
—tarmoq simlariga daraxt shoxlarining tegishi (yoki sim arqonlari);
— qurilish ishlarida yoʻl qoʻyiladigan ehtiyotkorsizlik tufayli taʼsir;
— kuchli shamol va yomgʻirlar taʼsirida;
— elektr uskuna va jihozlarining eskirishi tufayli nosoz holga kelishi yoki 200 ta xonadonga moʻljallangan transformatorlarga 300–400 ta xonadonning ulanishi oqibatida kelib chiqadigan nosozliklar.
Va albatta bu nosozliklar bartaraf etilayotgan paytda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq tarmoqqa ulangan isteʼmolchilar vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi.
Ikkinchisi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol oʻrtasidagi tafovut tizimning yaxlitligiga, barqaror faoliyatiga salbiy taʼsir etganda maʼlum texnik shartlar asosida tarmoqdan jadvalli uzishlar sodir boʻlishi mumkin.
Elektr taʼminotida muvozanatni saqlash mahalliy dispetcherlar va Milliy dispetcherlik markazi dispetcherlari tomonidan amalga oshiriladi.
Savol: Nima uchun dispetcher isteʼmolchilarni tarmoqdan uzishga majbur boʻladi?
Javob: Isteʼmol va ishlab chiqarish oʻrtasidagi muvozanatning yoʻqolishi tizimga jiddiy iqtisodiy zarar va uzoq muddatli oʻchishlarga sabab boʻladigan avariya holatlariga olib keladi. Shunga koʻra tizim dispetcheridan juda qisqa vaqtda keskin chora koʻrish talab etiladi.
Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning keskin ortishi kuzatilgan paytda, masalan, yozdagi jazirama yoki qishdagi sovuq ob-havoda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham isteʼmol va ishlab chiqarish oʻrtasidagi energiya balansini taʼminlash juda qiyin vazifa boʻlib qoladi.
Tabiiyki, bunday vaziyatda qator nosozliklar, yaʼni yirik avariyalar oqibatida koʻpsonli isteʼmolchilar yoppasiga tarmoqdan avtomatik tarzda oʻchishining oldini olish uchun elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar joriy etilishiga majbur boʻlinadi.
Dispetcherlik markazi tomonidan energotizimda muvozanat saqlash jarayoni oʻz vaqtida taʼminlamasa, tizimdagi “zoʻriqish” turli yirik avariyalarga sabab boʻlib, katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiya boʻlmasligiga sabab boʻladi.
Bunday nosozlik holatlarining iqtisodiy zararlari ham birmuncha katta mablagʻlarga teng ekanligini alohida taʼkidlash joiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring