Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi odatiy ish faoliyatiga qaytdi

Yurtimizga koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan shu yilning 15-martidan beri kasallikni davolash bilan shugʻullanib kelayotgan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi kasallik hajmining kamayishi sababli shu oyning boshidan odatiy ish faoliyatiga qaytdi.
200 oʻringa moʻljallangan shifoxona surunkali gepatit, sirroz va boshqa turdagi infeksion kasalliklarga chalingan bemorlarga xizmat koʻrsatadi. Shifoxona dunyo talablariga javob beradigan noyob laboratoriya qurilmalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari klinikada kuniga 250 qatnovga moʻljallangan poliklinika ham ishlab turibdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasi ham odatiy ish faoliyatiga qaytib, koronavirusdan boshqa turdagi yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatishga oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring