Dunyoda har hafta koronavirusga chalinganlar qariyb 2 mln.taga koʻpaymoqda — JSST rahbari
Har hafta dunyo boʻyicha koronavirusga chalinish bilan bogʻliq qariyb 2 mln.ta yangi holat roʻyxatga olinmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi, deb yozadi TASS.
«Har hafta taxminan 2 millionta holat qoʻshilyapti. Xabaringiz bor, joriy hafta dunyo bir million qurbon berilgan fojeaviy davrni ham bosib oʻtdi», — deydi u.
JSST rahbari davlatlarni infeksiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish, koronavirus tarqalishini toʻxtatishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni koʻrishga chaqirdi. Hozirda, uning soʻzlariga koʻra, Covid-19 kasalligi tarqalishiga javob qaytarishning keskin payti.
Gebreyesus pandemiyani yengib oʻtishning eng qisqa yoʻli mamlakatlarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari boʻlib qolayotir. Uning aytishicha, ayni paytda jahondagi 168 davlat COVAX xalqaro mexanizmiga qoʻshilib ulgurdi. Bundan koʻzlangan maqsad koronavirusdan vaksina uchun barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishdir.
«Yana 25 ta davlat xuddi shunday qilishlari haqida xabar berishdi. Bu butun insoniyatni pandemiyani yengish yoʻlida birlashishini anglatadigan hamjihatlik belgisidir», — deya xulosa qiladi JSST bosh direktori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring