Raymond Braun: investorlar Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirish yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun barcha zarur sharoit muhayyo

Soʻnggi yillarda xorijiy investorlarning Oʻzbekistonga qiziqishi sezilarli darajada oshdi, ushbu yoʻnalishdagi ijobiy oʻsish obyektiv haqiqatga aylandi. Jumladan, Iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalar kiritishga ixtisoslashgan Britaniyaning “Nationwide Technologies” kompaniyasi mamlakatimiz bilan hamkorlik qilishda boy tajribaga ega.
Kompaniya rahbari Raymond BRAUN “Dunyo” AAning Londondagi muxbiri bilan suhbatda oʻzbekistonlik sheriklar bilan sarmoyaviy hamkorlik tajribasi haqida aytib berdi.
— Kompaniyamiz Oʻzbekiston bilan 1990-yildan buyon sarmoyaviy hamkorlik qilib keladi. Oʻsha kezlar Oʻzbekistonga investitsiya kiritish biz jasoratli qaror edi. Chunki ilgari sovet ittifoqi tarkibida boʻlgan mamlakatning sarmoyaviy imkoniyatlari toʻgʻrisida juda kam maʼlumotga ega edik. Oʻzbekiston Davlat mustaqilligi eʼlon qilingan kuni kompaniyamiz direktorimiz Toshkentda edi. Oʻtgan yillar davomida sement, marmar, fosfat va paxta yogʻi ishlab chiqarish kabi turli qoʻshma korxonalarga sarmoya kiritdik.
1994-yildan hozirgi kunga qadar million tonna sement va fosfat unini ishlab chiqardik va eksport qildik. Oʻzbekiston mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish uchun maxsus boʻlim va transport tarmogʻini yaratdik.
Biz fosfat ishlab chiqarishni kengaytirdik. Jumladan, oʻtgan yili Zarafshondagi Ayaquduq karyeriga sarmoya kiritish uchun litsenziya oldik.
Bu bizning ishlab chiqarish imkoniyatimizni ikki baravar oshirdi. Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi ijobiy oʻzgarishlar biz uchun ham muhim. Soʻnggi 3 yilda mamlakatda ulkan rivojlanish va bozorlarning ochilishi kuzatildi. Xususan, oʻzbek soʻmi toʻliq konvertatsiya qilinadigan valyutaga aylandi, keng koʻlamli qurilish ishlari olib borilmoqda.
Ishonchimiz komilki, sarmoyadorlar oʻzlari uchun istiqbolli sohalarda biznes yoki ishlab chiqarish korxonalarini ochish uchun Oʻzbekistonda barcha zarur sharoitni topishlari mumkin.
Shaxsan biz uchun Oʻzbekistonda sarmoyadorlar uchun yaratilgan quyidagi toʻrt shart muhimdir. Birinchidan, bu men biladigan barcha mamlakatlarga qaraganda xavfsizroq va mustahkamroq xavfsizlikdir. Ikkinchidan, resurslar mavjudligi. Biz uchun bu elektr va gazdir, bu yerda fabrikalarimiz hech qachon tanqislikka duch kelmaydi. Uchinchidan, transport kommunikatsiyalari. Xususan, millionlab tonna mahsulotni tashishga qodir temir yoʻl tarmogʻi men uchun dunyodagi eng samarali tarmoq hisoblanadi. Oʻtgan yillar davomida biz biror tonna mahsulotimizni yoʻqotmadik va hech qachon mahsulotlarimizni sugʻurtalash haqida oʻylamadik. Toʻrtinchidan, bu malakali ishchi kuchi.
Taʼkidlashni istardimki, oʻtgan yillardagi hamkorlikdagi faoliyatimiz davomida ming oʻzbekistonliklar loyihalarimizga qoʻshilishdi.
Ularning boshqaruv va tijorat boʻyicha orttirgan tajribasi muhimdir. Biz koʻp yillar davomida kompaniyamizda ishlagan xodimlarimizning bugun Oʻzbekistonda davlat idoralarida yuqori lavozimlarda mehnat qilishayotganidan faxrlanamiz.
Qoʻshma korxonalarimiz doim barqaror rivojlanishda va hech qachon bank kreditlarini olmagan. Daromadimizning katta qismi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qayta yoʻnaltiramiz. Bu yoʻsinda sarmoya kiritish bundan keyin ham davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring