Toyloqda yengil avtomobillar uchun disklar ishlab chiqariladi

Toyloq tumanida 2020-yilda umumiy qiymati sal kam 150 milliard soʻmlik, 43 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 602 ta yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan. Shundan, 60 milliard 982 million soʻm oʻz mablagʻi, 11 milliard 850 million soʻm bank krediti, 2 million 684 ming AQSH dollar xorijiy kredit, 7 million 700 ming AQSH dollar xorijiy investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirilishi belgilangan.
Shuningdek, tumanda joriy yilning 30-iyun holatiga 17 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga umumiy qiymati 37 milliard 867 million soʻmlik, shundan 22 milliard 311 million soʻm oʻz mablagʻi,
1 milliard 300 million soʻm bank krediti, 1 million 493 ming AQSH dollar xorijiy kredit mablagʻlari oʻzlashtirilishi natijasida 170 ta yangi ishchi oʻrinlari yaratildi.
Qolaversa, 2020-2022-yillarda “TAYLOQ BAXMALI” xususiy korxonasi tomonidan Xitoy texnologiyalari asosida umumiy qiymati 1 million 200 ming AQSH dollar miqdoridagi “Yengil avtomobillar uchun 13, 14, 15 oʻlchamdagi diskalar ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshiriladi.
Ushbu diskalar uchun xom ashyo Rossiyaning PAO «Severstal» korxonasi tomonidan keltirilib, yiliga 390 ming dona yengil avtomobil diskalari ishlab chiqariladi hamda tumandagi 30 nafar yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlashga erishiladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring