Kadastrda yana bir nechta rahbar ishdan olindi.

10:53 21 Iyul 2020 Jamiyat
1120 0

Yaqinda Davergoyedezkadastr qoʻmitasi tozalash ishlari boshlangani va 7 ta rahbar lavozimini suiisteʼmol qilgani, oʻz ishiga masʼuliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondashib tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolariga chuqur oʻrganib yechim topmagani uchun ishdan boʻshatilgan edi.

Joriy yilning 17-iyul sanasida yana 9 tasi rahbar lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi Davergoyedezkadastr qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bular Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Shumanay, Taxtakoʻpir, Beruniy, Ellikqalʼa tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman «Yermulkkadastr» korxonalari rahbar va xodimlari boʻlib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер