Oʻzbekistonda yana 276 kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 21-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 590 (+276) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 82 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 57 nafari Andijon viloyatida, 42 nafari Namangan viloyatida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 29 nafari Jizzax viloyatida, 23 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 9 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 035 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 76 nafari ogʻir, 28 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring