Oʻzbekistonda yana 183 kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 20-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 149 (+183) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 9 387 (+108) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 7 672 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring