Andijon viloyatining koʻngilli tadbirkorlari va startapchilarini qoʻllab-quvvatlovchi “Unicorns” loyihasi ishga tushmoqda
“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda yangi biznes va startaplarni qoʻllab-quvvatlovchi “Unicorns” nomli loyihani ishga tushirmoqda. Loyiha Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020-yil may oyida Andijon viloyatiga tashrifi davomida kiritilgan taklif asosida tashkil etilmoqda. Mazkur loyiha orqali istiqbolli yosh startapchilarni qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi Oʻzbekistondagi tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish, hamda yurtimizdagi ilk yakkashoh-startaplarni, yaʼni 5 yil ichida 1 mlrd. dollar yoki undan ziyod foyda keltira oladigan startaplarni yaratishdir.
Uning dastlabki bosqichini amalga oshirish uchun 2 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan. Loyihaga joriy yilning 10-iyun kuni start beriladi. Asosiy ishchi hudud sifatida esa Andijon viloyati tanlangan. “Unicorns” loyihasida 35 yoshgacha boʻlgan Andijon viloyatining barcha koʻngilli tadbirkorlari va startapchilari qatnashishlari mumkin.
"Loyiha haqida batafsil maʼlumot olish uchun, tashkilotchilar bilan quyidagi elektron pochta manzili yoki +998909783692 telefon raqami orqali bogʻlanishingizni soʻraymiz:
Loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
https://instagram.com/unicorns_uz
https://facebook.com/unicorns_uz
Loyihada ishtirokchi sifatida https://unicorns.uzveb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin" deyiladi jamgʻarma maʼlumotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring