Cobalt haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolib YTH qurboni boʻldi

20:05 09 May 2020 Jamiyat
872 0

Фото: ЙҲХББ

Jizzax viloyatida mashina haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 8-may kuni 09:00 larda Gʻallaorol tumani hududidan oʻtuvchi Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yoʻlining 1029-kilometrida yuz bergan. 1989-yilda tugʻilgan D.M. Cobalt avtomobilini Toshkent—Samarqand yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotib, charchoq sababli rulda uxlab qolib, boshqaruvni yoʻqotgan. Oqibatda mashina yoʻldan chiqib ketib agʻdarilgan.

31 yoshli D.M. ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер