Oʻzbekistonda 1803 nafar bemor koronavirusdan sogʻaydi

arxiv foto
Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiya kuzatildi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpogʻiston Respublikasidan boʻlib, Qozogʻiston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, 1 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozogʻistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Toshkent shahridan 2 nafar, Qozogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 43 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida shifo topganlarning barchasi Toshkent shahridan boʻlib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 45 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 548 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 561 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1803 nafarga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring