Erkin kurashchi Hasanboy Rahimov qonidan doping topilgani uchun Olimpiada litsenziyasidan mahrum qilindi
Oʻzbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov (-125 kg) antidoping qoidalarini buzganligi sababli 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga litsenziyadan mahrum qilindi. Bu haqda Butunjahon kurash birlashmasi manbasi maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, Xalqaro sinov agentligi sportchining qonida taqiqlangan moddalar mavjudligini aniqlagan va sportchi xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.
Oʻzbekistonlik Hasanboy Rahimovdan tashqari suriyalik Badha Xutaba (-125 kg) va fransiyalik Zelimxon Hojiyev (-74 kg) ham qonidan doping topilgani sababli diskvalifikatsiya qilingan.
Maʼlumot uchun, 2019-yilning sentyabr oyida Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida erkin kurash boʻyicha dastlabki litsenziyalar oʻynalgan va unda Hasanboy Rahimov ham bronza medalini qoʻlga kiritib, litsenziyaga ega chiqqandi.
Ammo diskvalifikatsiya Oʻzbekiston terma jamoasiga taalluqli boʻlmaydi. Boshqa bir kurashchiga mart oyida boʻlib oʻtadigan olimpiadaga saralash musobaqalarida qatnashish huquqi beriladi. Sportchi litsenziyani qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring