Hukumat tarkibida o‘zgarish yuz berdi

18:25 25 May 2018 Siyosat
5026 0
Foto: Ra’no Gafurova

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Akmalov Qahramon Valiyevich o‘z lavozimidan ozod etildi.

«Xalq so‘zi» manbalarining xabar berishicha, bu borada tegishli farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

Ma’lumot uchun, Qahramon Akmalov bu lavozimda 2017 yilning noyabr oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Bungacha u Hisob palatasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер