Andijon shahar hokimi vazifasidan ozod etildi
“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. 26-avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrilib, Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Bahromjon Nosirboyevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi. Bahromjon Haydarov 1972-yil tugʻilgan, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi - iqtisodchi. U 2018-yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring