DXX raisi Pokistonga bordi
Foto: XPK
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Pokistonga tashrif buyurdi. U Ravalpindi shahrida mezbon davlat quruqlikdagi qoʻshinlar shtabi (COAS) boshligʻi, general Qamar Javod Bajva bilan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar berdi thenews.com.pk.
Muloqotda oʻzaro va professional qiziqishga sabab boʻlayotgan masalalar muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakat oʻrtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi umumiy holatga urgʻu berildi.
Har ikki tomon ham oʻzaro harbiy aloqalar, sohada kadrlar tayyorlash va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi.
DXX raisi Pokiston armiyasiga professionalligi va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring