Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxt avtomobilnining ustiga qulab tushdi (video)

10:33 23 May 2019 Jamiyat
2620 0

Ijtimoiy tarmoqlarda daraxt “Matiz” avtomobilining ustiga qulab tushgani aks etgan video va suratlar tarqaldi.

Maʼlum boʻlishicha, 22 may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Soʻgalli ota koʻchasida (Algoritm mavzesi yaqinida) kuchli shamol natijasida katta daraxt qulab tushgan. Daraxt uning yonida toʻxtab turgan “Matiz” avtomobilining ustiga qulagan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, voqea paytida avtomobilning ichida odam boʻlmagan va hech kim mazkur hodisa natijasida jarohat olmagan, yoki jabrlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Toshkent shahrining markazida joylashgan Amir Temur xiyoboniga tutash Istiqbol koʻchasida, yoʻl chetidagi daraxtlardan biri qulab tushgan va u bir necha avtomobilga zarar keltirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер