Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida suv toshqini qurbonlari soni 326 kishiga yetgan
Foto: Thanh Hue/Getty Images
Soʻnggi hafta davomida Indoneziya, Tailand, Vyetnam, Malayziya va Shri-Lankada sodir boʻlgan suv toshqinlari va koʻchkilar kamida 326 kishining hayotiga zomin boʻldi.
Bu haqda Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Avvalroq 141 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Xususan, Indoneziyaning Sumatra orolidagi suv toshqinlarida kamida 90 kishi halok boʻlgan. Rasmiylar orolning shimolida taxminan 6500 kishini va janubda 12000 kishini evakuatsiya qilishdi. Ushbu hududda 5000 dan ortiq uy va boshqa binolar suv ostida qoldi. Soʻnggi toʻrt kun ichida orolda yoqqan yomgʻir miqdori 800 mm.ga yetgan.
Shri-Lankadagi suv toshqinlarida kamida 65 kishi halok boʻldi, yana 21 kishi bedarak yoʻqoldi. Yaqin soatlarda orolda ob-havo sharoiti yomonlashishi prognoz qilinmoqda.
“Associated Press” agentligining xabar berishicha, Tailandda qurbonlar soni 80 dan oshdi.
Malayziyada suv toshqinlari ikki kishining hayotiga zomin boʻldi va qutqaruvchilar 34 000 nafardan ortiq odamni evakuatsiya qilishdi.
Vyetnamning markaziy qismida, avval xabar qilinganidek, bir haftadan koʻproq davom etgan suv toshqini va koʻchkilar oqibatida halok boʻlganlar soni 98 ga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring