Favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish sohasiga sunʼiy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi

11:57 21 Oktyabr 2025 Hujjatlar
269 0

“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–185-son, 20.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur farmonga koʻra, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish borasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilangan, jumladan:

  • hududlarda favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va oqibatlarini kamaytirish faoliyatini ustuvor vazifa sifatida qabul qilish orqali mahallalar darajasida keng qamrovli profilaktika mexanizmlarini yaratish va samarali tatbiq qilish;
  • favqulodda vaziyatlar yoʻnalishida davlat nazorati shakllarining talablari hamda meʼyorlarini zamon talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tizimini belgilash;
  • favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish sohasiga sunʼiy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, mazkur holatlarning oldini olishga masʼul idora va tashkilotlarning axborot tizimlarini yagona texnologik platformaga birlashtirish.

Shuningdek, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish konsepsiyasi doirasida davlat siyosatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda profilaktik tadbirlarini “mahallabay” va “xonadonbay” amalga oshirish;
  • aholi, koʻngilli qutqaruvchilar va volontyorlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlariga keng jalb etish;
  • monitoring va prognoz koʻrsatkichlarini baholash hamda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlari, talafoti va koʻlamini aniqlash metodikasi va metodologiyasini zamon talablariga muvofiqlashtirish;
  • energetika, radiatsiyaviy, kimyoviy, yonish-portlash va boshqa xavf manbai yuqori iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер