Surxondaryoda qurilish boʻlimi boshligʻi va arxitektor ushlandi

16:46 19 Oktyabr 2025 Jamiyat
295 0

Foto: DXX

Surxondaryo viloyatida qurilish sohasida firibgarlik holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Qayd etilishicha, qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MCHJ arxitektori Muzrabot tumanida yashovchi fuqaroni aldab, ishonchiga kirgan. Unga qarashli boʻlgan, qurilishi tugallanmagan noturar bino loyiha hujjatlarini tegishli tashkilotlardan “muammosiz” oʻtkazib berishini aytib, buning evaziga 17 million soʻm talab qilgan.

DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, arxitektor 17 mln soʻmdan 1 mln soʻmini Muzrabot tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻiga berishi kerakligi aniqlangan. Mazkur mansabdor ham ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер