Yevropa ligasi oʻyini oldidan mojaro

Angliyaning “Aston Villa” klubi oʻz stadioniga isroillik muxlislarni kiritmaydi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Manbaning maʼlum qilishicha, 6-noyabr kuni Yevropa ligasi musobaqasi doirasida boʻlib oʻtadigan Angliyaning “Aston Villa” va Isroilning “Makkabi Tel-Aviv” jamoalari oʻyini uchun mezbonlar isroillik muxlislarni stadionga kiritmaslikka qaror qilgan.
“Aston Villa” klubi rasmiylari ayni paytda Yevropada Isroilni tanqid qilish kayfiyati yuqori darajaga koʻtarilganini va bu oʻz navbatida isroillik fuqarolar bilan turli janjallar kelib chiqishining oldini olish maqsadida bunday qarorga kelinganini maʼlum qilganlar.
Tabiiyki, bu qaror isroillik muxlislarning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Isroil nashrlari esa mazkur holatni antisemitizm deb baholagan.
Vaziyatga munosabat bildirgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer esa bu qarorni qoraladi.
“Bu notoʻgʻri qaror. Biz Britaniyada umuman antisemitizmga yoʻl qoʻymaymiz”, — deya taʼkidlagan Starmer oʻzining “X” (sobiq Twitter)dagi sahifasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring