Toshkentdagi asosiy koʻchalardan biri vaqtincha yopildi

Illyustrativ foto
Toshkent shahrida gastronomik-koʻngilochar festival oʻtkazilishi munosabati bilan Taras Shevchenko koʻchasining ayrim qismlari vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Taras Shevchenko koʻchasining Fidokor koʻchasi kesishmasidan Nukus koʻchasi kesishmasigacha, shuningdek, Sayyid Baraka koʻchasining Oybek koʻchasi kesishmasidan Amir Temur shoh koʻchasigacha boʻlgan qismi 16-oktyabr soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopilgan.
Hokimlik noqulayliklar uchun uzr soʻrab, koʻrsatilgan davrda muqobil yoʻnalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring