Oʻzbekistonda musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekistonda musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 14-oktyabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbekiston milliy musiqa sanʼati instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Eldor Shermanov boshchiligida “Oʻzbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazilgan.
Seminar doirasida “Oʻzbekiston musiqa terapiya assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining tashkil etilishi eʼlon qilingan. Majlisda ishtirok etganlar ushbu tashabbusni maʼqullashib, oʻz fikr va mulohazalarini bayon etgan. Shuningdek, tashkilotning ustavi, boshqaruv tizimi va nazorat-taftish komissiyalari ham tasdiqlangan.
Ushbu tashkilot mamlakatda musiqa terapiyasi yoʻnalishini rivojlantirish, mutaxassislarni birlashtirish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring