Oʻzbekistonda ayollarning qancha qismi sport bilan shugʻullanishi aytildi

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda ayollarning qancha qismi sport bilan shugʻullanayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, qoʻmitaning 2025-yil yanvar avgust oylaridagi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi ayollar (uy xoʻjaliklari aʼzolari) ulushi 64,1 foizni tashkil etgan.
Yillar kesimida Oʻzbekistonda jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan ayollar ulushi quyidagicha taqsimlangan:
- 2021-yil — 55,7 foiz;
- 2022-yil — 57,3 foiz;
- 2023-yil — 58,5 foiz;
- 2024-yil — 63,7 foiz;
- 2025-yil — 64,1 foiz (yanvar avgust).
Yillar kesimida Oʻzbekistonda jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan erkaklar ulushi:
- 2021-yil — 66 foiz;
- 2022-yil — 67,3 foiz;
- 2023-yil — 68,8 foiz;
- 2024-yil — 71,7 foiz;
- 2025-yil — 71,9 foiz (yanvar avgust).
Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil yanvar avgust oylaridagi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga koʻra, mazkur davrda ushbu koʻrsatkich erkaklarda 71,9 foizni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring