Gʻoyamiz jahon hamjamiyatida keng koʻlamli aks-sado berdi — Saida Mirziyoyeva

2025-yil 12-oktyabr kuni Osakadagi “Shining Hat” Ekspo-xollida Butunjahon koʻrgazmalar byurosi (“BIE”) mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston pavilyoni 1 ming 500 m² gacha maydonli pavilyonlar orasida oʻz toifasidagi eng oliy mukofot — “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor boʻldi.
Ushbu qarorni 21-may kuni pavilyonga tashrif buyurgan toʻqqiz nafar ekspertdan iborat xalqaro hakamlar hayʼati qabul qildi. Mukofotlar besh turdagi pavilyonlar oʻrtasida uchta asosiy nominatsiya — “Arxitektura va landshaft”, “Koʻrgazma dizayni” va “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” boʻyicha topshirildi.
“Biz taqdim etgan «Bilimlar bogʻi: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida anʼanalar va innovatsiyalar uygʻunligi oʻz aksini topgan. Gʻoyamiz jahon hamjamiyatida keng koʻlamli aks-sado berdi», — dedi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Maʼlumot uchun, butunjahon koʻrgazmalar byurosi (“BIE”) mukofoti 1928-yilda tashkil etilgan boʻlib, “EXPO” doirasida koʻrgazmaning asosiy mavzusi bilan hamohang sohalarda erishilgan yutuqlar uchun taqdim etiladi. U ilgʻor gʻoya va texnologiyalar, ishtirokchi-davlatlarning madaniy jihatlarini namoyon etgan eng yaxshi pavilyon, ekspozitsiyalarga beriladi.
Shuningdek, nufuzli “BIE” mukofoti — nomzod mamlakatning dunyo koʻrgazmasi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini, salmoqdor natijalarini eʼtirof etadi hamda ularning muayyan sohadagi liderligini ifoda etadi. Mukofot sohibi boʻlgan pavilyonlar kreativ, zamonaviy texnologiyalarga va global muammolarga yangi yondashuvlarni namoyon etgani uchun taqdirlanadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring