“Haj – 2026” mavsumi uchun yangi tartib joriy etildi — Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumi uchun yangi tartibni joriy etdi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi haj safari bilan shugʻullanuvchi vazirlik va idoralarga har bir ziyoratchini sinchkovlik bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va haj safariga borish layoqatiga mos kelmaydigan kasallik bor-yoʻqligini aniqlash majburiyatini yuklagan.
Unga koʻra, “Haj – 2026” mavsumida ziyoratchida “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy sogʻlomlik toʻgʻrisida guvohnoma boʻlgan taqdirda unga haj vizasi beriladi. Taʼkidlanishicha, bu talab hojilar xavfsizligi va salomatligini taʼminlashga qaratilgan.
Bayonotda, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligini maʼlum qildi:
• Dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi;
• Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon boʻluvchi yurak yetishmovchiligi;
• Davriy yoki doimiy ravishda kisloroddan foydalanishni talab qiluvchi oʻpkaning surunkali kasalliklari;
• Jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi jigar sirrozining ogʻir bosqichi;
• Ogʻir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
• Qarilik demensiyasi kasalliklari;
• Homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, yuqori xavfga ega boʻlgan har qanday homiladorlik;
• Faol yuqumli kasalliklar (shu jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
• Kimyoterapiya yoki boshqa immunitetni susaytiruvchi muolajalardan oʻtayotgan faol onkologik kasalliklar;
• Saudiya Haj vazirligining mazkur talablari buzilgan yoki yolgʻon maʼlumot berilgan taqdirda, Haj vazirligi tomonidan chora koʻrilishi bildirilgan.
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika jamoatchilik kengashi ziyoratchilarni ushbu talablarga toʻliq amal qilishga chaqirgan, hamda ushbu talablar haj ishtirokchilarining hayotini va salomatligini saqlashga qaratilganini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring