Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri vafot etdi

Foto: Mudofaa vazirligi
Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri Axmedov Rustam Urmanovich 82 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
“Bugun biz jangovar ofitser, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri, oʻzining 40-yildan oshiq umrini Qurolli Kuchlarga fidoyilik bilan bagʻishlab, mustaqil Oʻzbekiston milliy armiyasi tiklanishining dastlabki yillarida mamlakat uchun, uning xavfsizligini taʼminlash va xalqimizni osoyishtaligini himoya qilish uchun gʻoyat koʻp ishlarni amalga oshirgan general-polkovnik Axmedov Rustam Urmanovich bilan butunlay xayrlashmoqdamiz”, deya taʼziya bildirgan vazirlik jamoasi.
Maʼlumot uchun, general-polkovnik Axmedov Rustam Urmanovich 1943-yil 10-noyabrda Fargʻona viloyatining Bogʻdod tumanida tavallud topgan.
1965-yilda Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtini “tank qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi” mutaxassisligi boʻyicha, 1985-yilda esa Zirhli tank qoʻshinlari harbiy akademiyasini “qoʻmondon-shtab operativ-taktik” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1966-yildan 1972-yilgacha qadar Boltiqboʻyi qoʻshinlari harbiy okrugi 11-armiya tank polki tank vzvodi komandiri lavozimidan Shimoliy qoʻshinlar tankchilar diviziyasi tankchilar batalyoni komandirining siyosiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
1972-yildan 1986-yilgacha Toshkent oliy tank qoʻmondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtlarida kursantlar batalyonida komandirning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda batalyon komandiri lavozimlarida xizmat oʻtagan.
1986-yildan 1991-yilgacha Toshkent viloyati fuqarolik mudofaasi komandirining oʻrinbosari – shtab boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.
1991-yildan 1992-yilgacha bir vaqtning oʻzida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boʻyicha vaziri – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya qoʻmondoni lavozimida, 1992-yildan 1997-yilgacha esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Marhum nafaqat mudofaa tizimida, balki 1997-yil sentyabr oyidan 1998-yil sentyabr oyigacha Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U 1998-yilda nafaqaga chiqqan.
Axmedov, shuningdek, 2018-yildan 2020-yilgacha Mudofaa vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
General-polkovnik koʻp yillik fidoyi xizmatlari uchun Sobiq ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasining bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan. Xususan, 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi va 1995-yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi milliy armiyasini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2018-yilda “Doʻstlik”ordeni bilan taqdirlangan.
Maʼlum qilinishicha, Axmedov Rustam Urmanovich bilan vidolashuv ertaga, 13-oktyabr kuni soat 11:30 da Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Orol 3-tor koʻchasi 13-uyda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring