Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselga amaliy tashrif doirasida Xalqaro hamkorlik boʻyicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda taʼkidlanishicha, ikki tomonlama munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda izchil rivojlanmoqda. Muloqot davomida amaliy loyihalar va yangi tashabbuslarni ilgari surish, shuningdek, Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan imkoniyatlarni toʻliq ishga solish muhimligi qayd etildi.
Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni mustahkamlash va uni strategik sheriklik darajasiga koʻtarish boʻyicha Oʻzbekistonning qatʼiy pozitsiyasini alohida taʼkidladi.
“Biz YI bilan sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring