Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni sumkasida olib ketayotgan shaxs tabiatga qariyb 5 milliard soʻm zarar yetkazdi

Lochinlarga noqonuniy va shafqatsiz munosabat natijasida tabiatga katta miqdorda zarar yetkazildi. Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida Boʻstonliq tumanida navbatdagi tezkor reyd tadbiri oʻtkazilgan.
Mazkur reyd davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs “Oqtosh” qoʻriqlov punktida davlat chegarasini buzib oʻtgan holda harakatlanayotganida toʻxtatib qolingan.
Ushbu shaxsning yonidagi sumka belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida 8 bosh tirik lochin qushlari topilgan.
Tekshiruv davomida huquqbuzar atrofdagilarga sezdirmaslik uchun qushlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgani oydinlashgan. Jumladan, qushlarning koʻz va oyoqlarini bogʻlab, qanotlarini skotchlagani hamda tor hajmdagi sumkaga zichlab joylagani maʼlum boʻlgan.
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ushbu lochin qushlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgani va huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 4 milliard 944 million soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring