Bosh prokuratura Toshkent viloyatida bogʻcha bolalarining ommaviy zaharlangani yuzasidan bayonot berdi

Videodan kadr
Toshkent viloyatida bogʻcha bolalarining ommaviy zaharlanishi yuzasidan olib borilayotgan tergov ishini sinchkovlik bilan, toʻla va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi. Idora matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilingan bayonotda qayd etilishicha, Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligidagi maxsus ishchi guruh tuzilgan.
Rasmiy bayonotda keltirilishicha, tergov davomida ushbu hududlarda autsorsing korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan barcha maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi, tashxis-davolash ishlari tashkil etilgan.
Hozirda, tibbiy yordam koʻrsatilgan bolalar orasida ogʻir va oʻta ogʻir darajada kasallanganlar mavjud emas, vaziyat shifokorlarning toʻliq nazoratida.
“Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida prokuratura organlari tomonidan barcha davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga autsorsing shartnomasi asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilishi ahvoli yuzasidan oʻrganish ishlari tashkil etildi”, deyiladi BP bayonotida.
Taʼkidlanishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, uning yakuni boʻyicha ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Boʻka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqoʻrgʻon tumanlarida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir nechta autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi xususiy korxonalar masʼul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring