Davlat arbobi Ismoil Joʻrabekov 94 yoshida vafot etdi

08:28 29 Sentyabr 2025 Jamiyat
295 0

Oʻzbekistonning taniqli davlat arbobi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan Ismoil Hakimovich Joʻrabekov 94 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Suv xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.

Ismoil Joʻrabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan. U faoliyati davomida respublika melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari, Davlat agrosanoat qoʻmitasi raisi, fuqarolar muhofazasi ishlari boʻyicha vazir, Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Ismoil Joʻrabekov Oʻzbekiston Respublikasining “Buyuk xizmatlari uchun”, “Doʻstlik” ordenlari, Tojikistonning “Doʻstiy” ordeni, sobiq ittifoqning “Oktyabr revolyutsiyasi”, “Xalqlar doʻstligi”, “Mehnat qizil bayroq” (2-marta) va “Hurmat belgisi” (2-marta) ordenlari bilan taqdirlangan.

“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер