Andijonda mast haydovchi “Cobalt” va “Nexia-3”ni pachoq qildi

14:16 26 Sentyabr 2025 Jamiyat
83 0

Foto: Andijon YHXB

Andijon viloyati Baliqchi tumanida mast haydovchi svetoforning “qizil” ishorasida toʻxtab turgan ikkita mashina bilan toʻqnashdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 25-sentyabr kuni soat 23:20 larda Baliqchi tumani Markaz MFY hududidagi tartibga solingan chorrahada roʻy bergan.

Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 21 yoshli A.D. “Nexia-2” rusumli transport vositasini “Chinobod — Baliqchi” yoʻnalishi boʻylab mast holda boshqargan. Harakat davomida oraliq masofani saqlamasdan, oʻzidan oldinda svetoforning “qizil” ishorasida toʻxtab turgan “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarning ortidan borib urgan.

Ushbu YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, biroq transport vositalari texnik shikastlangan.

Bildirilishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, transport vositasini mast holda boshqarish haydovchiga nisbatan BHMning 40 baravari miqdorida jarima hamda transport vositasini 3-yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilanishiga sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер