Humo kartalari qachon ishga tushirilishi maʼlum boʻldi
Joriy yilning may oyidan boshlab Humo kartalari umum foydalanish uchun muomalaga chiqariladi. Bu haqda Banklararo milliy protsessing markazi vakillar maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, yil oxiriga qadar mazkur toʻlov tizimi butun Oʻzbekiston boʻyicha toʻla tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda mazkur karta test rejimida Markaziy bank va bir qator tijoriy bank xodimlari tomonidan ishlatib koʻrilmoqda.
Shu kunga qadar mazkur toʻlov tizimi kartalaridan foydalanish uchun 47 900 terminal oʻrnatilgan. Aynan mazkur ishlar sabab toʻlov tizimi nisbatan kechroq ishlab chiqarilgan. Humo terminallari Master Card, VISA kartalarini qabul qilish imkoniga ham ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring