“Toshkent” xalqaro aeroportida samolyotlarga yoqilgʻi quyiladigan zamonaviy majmua quriladi

11:15 12 Aprel 2019 Iqtisodiyot
1869 0

Illyustrativ foto

Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalariga xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy yoqilgʻi quyish kompleksini qurish rejalashtirilyapti. Bu haqda hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unda respublika aeroportlarini aviatsiya yoqilgʻisi bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, xorij aviakompaniyalarining, jumladan, aeroportlarda koʻrsatilayotgan xizmatlarning tijoriy jozibadorligini oshirishi yoʻli bilan Oʻzbekiston aeroportlari orqali parvozlarni amalga oshirishga jalb etish koʻzda tutilgan. Havo kemalariga yoqilgʻi quyish, aviatsiya yoqilgʻisini yetkazib berish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etish shular jumlasidandir.

Eʼtiborlisi, Jizzakh Petroleum qoʻshma korxonasi zamonaviy yoqilgʻi quyish kompleksi qurilishi buyurtmachisi boʻlib kiryapti. Shu asnoda qoʻshma korxona ishtirokchilari ulushi qayta taqsimlash rejalashtirilgan. Shundan 70 foizi xorijlik investorlarga, 30 foizi “Oʻzbekneftegaz” kompaniyasiga beriladi.

Hukumat, shuningdek, Sergeli tumanida joylashgan maydoni 10 gektarlik yoqilgʻi markaziy bazasini bino va inshootlari bilan bepulga bermoqchi.
 
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin xorij benzini bilan savdo qiluvchi avtoyoqilgʻi stansiyalari tarmogʻini oʻz ichiga olgan qoʻshma korxona tuzish rejalashtirilgan edi. Biroq bu ish Toshkentdagi bir nechta obyektlardan soʻng toʻxtab qolgandi.

Bundan tashqari, kompaniya Jizzax neftni qayta ishlash zavodi loyihasi bilan shugʻullandi. Keyinchalik ushbu loyiha konsepsiyasi qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan uni amalga oshirish toʻxtatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?