Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari oʻzgardi
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Murodilla Yoqubovich Eshmatov “Xalq banki” respublika boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U 2016 yil dekabr oyidan buyon viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatib kelgan Anvar Rasulovich Karimov Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Anvar Karimov 1977 yilda Boyovut tumanida tugʻilgan.
U bir necha yil mobaynida Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi vazifasida ham ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring