Toshkentdagi YTHda yoʻlovchi jarohat oldi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida yoʻlovchi tan jarohati oldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 25-aprel kuni soat 16:00 larda Yunusobod tumani Uch qahramon koʻchasida yuz bergan.
1993-yilda tugʻilgan G.F. boshqaruvidagi “Nexia-3” hamda 1987-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvidagi “Hongqi” oʻzaro toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 yoʻlovchisiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring