Shavkat Mirziyoyev Rim Papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi kamerlengosi kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Ruhoniy Hazratlari Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo doʻstlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalarni keng targʻib etish ishiga munosib hissa qoʻshganini taʼkidladi.
Prezidentimiz Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur taʼziya va hamdardlik tuygʻularini izhor etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring