“Ikki yillik urush, 51 ming qurbon”: Isroil jamoatchiligining 56 foizi Gʻazodagi urushga qarshi

Isroil mahalliy aholisining 56 foizi asirlarni ozod qilish, Gʻazodagi urushni tugatish uchun tuziladigan kelishuvni qoʻllab-quvvatladi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Isroil davlat teleradiokompaniyasi Gʻazodagi urushni toʻxtatish hamda falastinlik asirlarni ozod qilish borasida jamoatchilik fikrini oʻrganib, soʻrovnoma oʻtkazgan.
Ushbu soʻrovnoma yakunlariga koʻra, Isroil jamoatchiligining qariyb 56 foizi Gʻazodagi urushni tugatish hamda falastinlik mahbuslarni ozod qilishga ruxsat beruvchi kelishuvni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
Mazkur soʻrovnoma natijalarining soʻnggi tahlillariga koʻra, Isroil jamoatchiligining 22 foizi Gʻazodagi urushni tugatish hamda falastinlik mahbuslarni ozod qilishga ruxsat beruvchi kelishuvga qarshi chiqqan.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi boshlangandan buyon kamida 51 ming 201 nafar falastinlik halok boʻlgan hamda 116 ming 869 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Shuningdek, Gʻazo hukumati matbuot boʻlimi maʼlumotlari Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlaridan farqli ravishda, 2023-yilning 7-oktyabridan buyon davom etib kelayotgan urush tufayli halok boʻlganlar soni 61 ming 700 nafardan oshganini bildirgan. Hukumat vayronalar ostida bedarak yoʻqolgan minglab falastinliklarni ham halok boʻlgan deya taxmin qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring