Respublika tovar-xom ashyo birjasiga yangi rais tayinlandi

10:57 21 Aprel 2025 Jamiyat
149 0

Asadulla Qayumov “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida “OʻzA” xabar berdi.

Bildirilishicha, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qayumov Asadulla Oʻrolovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Qoʻmitadagi amaliy faoliyatini yakunlagan.

Asadulla Qayumov oʻz faoliyatini 2007-yilda Qoʻmitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017-yilga qadar bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari hamda boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2022-2025-yillarda Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Jumladan, Asadulla Qayumov faoliyati davomida “Raqobat toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining bir qancha farmon va qarorlari qabul qilinishi va takomillashtirilishiga munosib hissa qoʻshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер