Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

12:42 18 Aprel 2025 Dunyo
141 0

Foto: AP

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.

“Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi”, — deyiladi xabarda.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bombardimon qilingan.

Shu yilning 18-martga oʻtar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoriga zarbalarni qayta boshladi. Bosh vazir Benyamin Netanyahu hujumlar HAMAS AQSHning sulhni uzaytirish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasini qabul qilishdan bosh tortgan sababli qayta boshlangani aytdi.

Oʻz navbatida, Falastin harakatining Siyosiy byurosi aʼzosi Izzat al-Rishk Netanyahuning urushga qaytish qarori Gʻazo sektoridagi isroillik garovga olinganlar uchun oʻlim jazosi berilishini anglatishini taʼkidladi.

Tel-Aviv va HAMAS oʻrtasidagi sulh rasman 1-mart kuni yakuniga yetgandi. Biroq vositachilar Gʻazodagi kelishuv boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga tomonlarni jalb qilishga urinishlari tufayli janglar qayta boshlanmay turgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер