Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi

Hazorasp tumanida sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, “Temirchi Maskan” MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.
Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo doʻkonining yana 200 kv.m maydoni yongʻindan saqlab qolingan.
Yongʻinni bartaraf etish uchun 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Qayd etilishicha, hodisa tufayli hech kim tan jarohati olmagan, vafot etganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring