“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan “Leapmotor” Oʻzbekistonda avtomobillarining sertifikatlanishi toʻxtatilgani yuzasidan izoh berdi. Maʼlumot “Weibo” ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.
Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.
“Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali «Leapmotor” mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz» deyiladi izohda.
Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va testlarni takroriy oʻtkazish rejalashtirilayotganini bildirdi.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekistonda “Leapmotor” brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli vaqtincha toʻxtatilgan. Bunga sabab qilib kompaniyaga tegishli “C16” rusumli avtomobilning xavfsizlik talablariga javob bermasligi koʻrsatilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring