Namanganda 9-sinf oʻquvchilari ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi

01:33 06 Aprel 2025 Jamiyat
217 0

Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab oʻquvchilari boshqaruvidagi “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 2-aprel kuni soat 17:10 lar atrofida Davlatobod tumani Porloq mahallasi Islom Karimov koʻchasida yuz bergan. Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchilari haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmay turib, “Nexia-3” rusumli avtomobilini boshqargan.

Rul boshqaruvidagi oʻquvchi harakat xavfsizligini taqimlay olmasdan yoʻlning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan SHACMAN rusumli yuk avtomobilga borib urilgan.

YHXBga koʻra, hodisa oqibatda “Nexia-3” haydovchisi va uning old oʻrindiqdagi sinfdoshi ogʻir tan-jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, 11-sinf oʻquvchisi avtomobilni 9-sinf oʻquvchilariga 2 soatga, 220 ming soʻm evaziga ijaraga bergan boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер