Rishtonda Polsha universiteti filiali ochiladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yaqinda Rishton tumanida Polshaning Adam Miskeyevich nomidagi universiteti filialini ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.
Ayni kunlarda shu universitetning Sharqshunoslik instituti direktori oʻrinbosari Mariush Marshevski boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida boʻldi. Uchrashuvda polshalik mehmonlar ishtirokida loyihani amalga oshirish boʻyicha yuzma-yuz muloqot oʻtkazildi.

— Uchrashuvda Polsha delegatsiyasi bilan tumanimizda Rishton—Polsha savdo uyi, Polyak tili va madaniyat markazini hamda universitetning ikkita fakultetini ochishga kelishib olindi, — deydi Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Abdusalom Siddiqov. — Bu ikki tomonlama savdo, tadbirkorlik, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring