Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi vaziri tayinlandi

13:59 24 Oktyabr 2024 Siyosat
289 0

Foto: Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi

Bugun, 24-oktyabr kuni Daryabay Kaypov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, u shu vaqtga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Kaypovdan keyin ushbu lavozimni Shuhrat Teshayev egallaydigan boʻldi.

Teshayev mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Foto: Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi

Maʼlumot uchun, Shuhrat Teshayev 1969-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер