Xitoydan soʻng AQSH va Filippin piyodalar mashgʻulotini boshladi

Foto: AFP
Avval xabar berganimizdek, shu kunlar Xitoy Tayvan atrofida yirik harbiy mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.
Tayvan mudofaa vazirligi mamlakat hududini oʻrab turgan Xitoyning 153 ta samolyotni aniqlagan. 90 ta samolyot Tayvanning havo mudofaasini aniqlash zonasida topilgan. Harbiy samolyotlar faolligining oʻsishi seshanba kuni ertalab boshlangan va Xitoyning ushbu urush oʻyinlari orol hamda butun mintaqa bilan keskinlikni oshirgan.
Pekin dushanba kuni Tayvanni oʻrab olish uchun qiruvchi samolyotlar, dronlar, harbiy kemalar va qirgʻoq qoʻriqlash kemalarini joylashtirdi. Taypey bunga javoban tegishli kuchlarni joʻnatib, chetdagi orollarni qoʻriqlash uchun shay holatga keltirganini maʼlum qilgan edi.
Xitoy Tayvanni oʻzining bir qismi, deb biladi va uni qoʻlga kiritish uchun hech narsadan qaytmasligini aytib keladi. Tayvan prezidenti Uilyam Lay Pekin Tayvanga vakillik qilishga haqqi yoʻqligini va anneksiya yoki bosqinga qarshi turish majburiyatini eʼlon qildi.
AQSH mudofaa vazirligi Xitoyning ushbu harbiy mashgʻulotlarini “masʼuliyatsiz, nomutanosib va beqarorlashtiruvchi” deb qoraladi. Shuningdek, seshanba kuni AQSH va Filippinning minglab dengiz piyodalari Filippinda 10 kunlik qoʻshma mashgʻulotlarni boshladilar. Bu ham Xitoy bilan bahsli holat uygʻotadi. Mashqlar Tayvandan 800 km uzoqlikda joylashgan Filippinning asosiy oroli — Luzonning shimoliy qirgʻoqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring