Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston–Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kecha, 25-sentyabr kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston–Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.
Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlatimiz rahbari “ACWA Power” bilan keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani, Saudiya Arabistoni sarmoyasini mamlakatimizga jalb etishda kompaniya muhim oʻrin tutayotganini taʼkidladi.
Energetika, transport, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, issiqlik taʼminoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring