“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni taʼsis etilishi mumkin
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, qonun loyihasida turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini joriy etish maqsadida alohida davlat mukofotini taʼsis etish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, mazkur qonun loyihasi bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etish va qonun hujjatlarida buning huquqiy asoslarini mustahkamlash, “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi va “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish belgilanadi.
Deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi yangi ish oʻrinlari yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna boʻladigan hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini tizimli taqdirlash imkonini berishini maʼlum qilgan.
“Shu bilan birga, ushbu unvonni taʼsis etish orqali tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasiga eʼtiborni qaratish va baholash, katta yutuqlarga erishgan va jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal etishda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlarni aniqlash hamda ularni taqdirlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va biznesga qiziqishni yuksaltirish maqsadiga erishiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring