Qashqadaryoda 1 milliard soʻmdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

20:08 15 Avgust 2024 Iqtisodiyot
678 0

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Qarshi tumanida 1 milliard soʻmdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi tumani Navroʻz MFYda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchasi masʼul shaxslari elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 1 milliard 85 mln soʻm miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilingan.

“Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер