AQSHda Netanyahu Gʻazo boʻyicha tinchlik kelishuvini buzishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Gʻazodagi tinchlik rejasini izdan chiqarishi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi The New York Times nashri.
Manbalarning taʼkidlashicha, Oq uyning hozirgi strategiyasi — prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens hamda prezidentning kuyovi Jared Kushner vositachiligida Netanyahuni HAMASga qarshi toʻliq miqyosdagi hujumni davom ettirishdan tiyib turishdir.
AQSH hukumati Turkiya bilan hamkorlikda Gʻazo sektorida halok boʻlgan garovga olinganlarning jasadlarini qidirish uchun maxsus guruh tuzish ustida ishlamoqda.
Avvalroq Isroil armiyasi HAMAS tomonidan oʻt ochishni toʻxtatish rejimi buzilgani haqida bayonot bergan edi. Maʼlum qilinishicha, Gʻazo janubidagi Rafah shahri yaqinida isroillik harbiylar oʻqqa tutilgan.
Binyamin Netanyahu sulhni buzishda HAMASni ayblab, Isroil mudofaa kuchlariga tegishli choralarni koʻrish boʻyicha topshiriq berdi. Shundan soʻng Isroil armiyasi butun Gʻazo boʻylab bir qator nishonlarga zarbalar yoʻlladi.
Harbiylarning maʼlum qilishicha, Rafahdagi voqealar oqibatida ikki askar halok boʻlgan, yana biri ogʻir yaralangan. HAMAS esa ushbu hodisaga oʻzining aloqasi yoʻqligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring